MMA muxlislari intizorlik bilan kutayotgan «UFC 330» turniri borgan sari yaqinlashmoqda. 16-avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan ushbu muhim kechada musobaqaning asosiy voqeasi sifatida Islom Maxachev va Ian Mashado Gerri oktogonda kuch sinashadilar. Hozirdanoq ijtimoiy tarmoqlarda va sport jamoatchiligida ushbu to'qnashuv natijalari bo'yicha qizg'in bahslar boshlandi. Ikki sportchining ham muvaffaqiyatli yo'lini va jismoniy imkoniyatlarini taqqoslaganimizda, qiziqarli manzaraga guvoh bo'lamiz:
- Tajriba va natijalar: Islom Maxachev o'z faoliyatida 28 ta g'alaba qozonib, atigi 1 marta mag'lubiyatga uchragan. Yosh hamda iste'dodli raqib Ian Gerrining hisobida esa 17 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
- Jismoniy o'lchamlar: Maxachevning bo'yi 178 santimetr bo'lsa, Ian Mashado Gerri 191 sm bo'y balandligiga ega. Shuningdek, qo'llarining yoyilish masofasi rossiyalik jangchida 179 sm ni, raqibida esa 188 sm ni tashkil etadi.
Bu uchrashuv nafaqat jismoniy kuch, balki taktik kurash ham bo'ladi. Islom Maxachev parterda ishlash, kurash va nazoratda saqlashni uddalash, bo'g'uvchi usullar, yuqori chidamlilik hamda har bir vaziyatda sovuqqonlikni saqlash kabi kuchli tomonlari bilan tanilgan. Uning raqibi Ian Gerri esa uzun bo'yi va qo'llarini ishlatib uzoq masofadan harakat qilish, tezlik, oyoqdagi chaqqon harakatlar, aniq va keskin zarbalar, shuningdek, vaziyatni to'g'ri his qilish (tayming) bo'yicha mahoratini ko'rsatadi.
Har ikki sportchi ham ushbu muhim to'qnashuvga yuqori kayfiyatda kelmoqda. Maxachev so'nggi bor Nyu-Yorkda o'tkazilgan «UFC 322» turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi chiqish qilgandi. Chempionlik kamari uchinchi kechgan o'sha jang hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori asosida rossiyalik sportchining g'alabasi bilan yakunlangandi. Ian Gerri ham o'nggi jangida Belal Muhammadni hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori orqali mag'lub etgandi.
MMA muxlislarini loqoldirmaydigan kutilayotgan ushbu musobaqada qaysi tomon ustun kelishini faqat vaqt ko'rsatadi. «UFC 330» turniriga qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.