1-avgust kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari Issiqkoʻl koʻlida oʻtkazilayotgan suv-motor sporti boʻyicha nufuzli jahon chempionati (UIM F1H2O) bosqichining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdilar.
Bunday darajadagi musobaqalarning oʻtkazilishi mintaqaning oʻsib borayotgan turizm salohiyati hamda yirik xalqaro sport tadbirlarini qabul qilish qobiliyatini yaqqol namoyon etadi. Davlat rahbarlari jamoalarning tayyorgarligi va turnir infratuzilmasi bilan tanishib, bunday tashabbuslar yoshlarni jipslashtirish hamda Markaziy Osiyoda faol turizmni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.