
J. Balasogʻun nomidagi Qirgʻiz milliy universitetida 2026-yilning “Mustaqil, doimiy Neytral Turkmaniston – tulpor qanotli orzu-niyatlar makoni” degan shioriga bagʻishlangan "Turkmaniston: Til, Adabiyot, Tarix va Madaniyat" mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Ushbu muhim tadbir haqida Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida xabar beriladi.
Ilmiy-madaniy konferensiyada Qirgʻiz milliy universitetining professor-oʻqituvchilari tarkibi va talabalari ishtirok etdilar. Shuningdek, videraloqa tizimi orqali Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universiteti, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Turkiya Respublikasining yetakchi oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda olimlari faol ishtirokni taʼminladilar.
Konferensiya davomida soʻzga chiqqanlar Turkmanistonning 2026-yil uchun tanlagan shiorining mazmuni va siyosiy-ijtimoiy ahamiyatiga yuqori baho berishdi. Taʼkidlanganidek, ushbu shior davlat siyosatining asosini tashkil etuvchi doimiy neytrallik, tinchlik va milliy jipslik kabi muqaddas tushunchalarni ulugʻlaydi. Shuningdek, u Turkmanistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini, iqtisodiy va madaniy rivojlanishdagi yangi yutuqlarini, xalqning farovonlikka boʻlgan buyuk intilishini ifodalaydi.
Xalqaro tadbirga raqamli tizim orqali qoʻshilgan Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universiteti vakillari turkman tilining boyligi, milliy adabiyot, tarix va olijanob urf-odatlar haqida atroflicha maʼruzalar qildilar. Konferensiyada Turkmanistonning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy sohalarda erishgan marralari, shu bilan bir vaqtda turkman xalqining jahon madaniyatiga qoʻshgan boy tarixiy-madaniy merosi keng yoritildi.
Keywords