
Germaniya milliy futbol terma jamoasi hujumchisi Karim Adeyemi Ispaniyaning «Barselona» futbol klubiga oʻtdi. Bu haqda jamoaning matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻyinchi besh yillik shartnoma imzoladi. Jurnalist Fabrizio Romanoning bergan maʼlumotiga koʻra, «Barselona» nemis futbolchisining transferi uchun Dortmundning «Borussiya»siga 22 million yevro toʻladi, yana 7 million yevro esa bonus sifatida toʻlanishi mumkin.
Adeyemi 24 yoshda, u 2022-yildan beri «Borussiya»da toʻp surib kelmoqda. Hujumchi jamoa safida umumiy hisobda 146 ta oʻyin oʻtkazib, 36 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Adeyemi avvalroq «Zalsburg» klubida ham oʻynagan boʻlib, u yerda uch marta Avstriya chempioni va Avstriya kubogi sohibi boʻlgan.
Germaniya milliy terma jamoasi tarkibida futbolchi 11 ta oʻyinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Keywords