
Kaspiy dengizi ekotizimini tiklash va asrash yo‘lida xalqaro miqyosda muhim qadam tashlandi. Jahon banki mintaqa mamlakatlarining atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilish hamda biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan yangi loyihani moliyalashtirishni rasman tasdiqladi. 2026-yil 8-aprelda qabul qilingan ushbu moliyaviy paket Kaspiy mintaqasining ekologik xavfsizligi uchun yangi sahifa ochadi. Bu haqda dushanba kuni “Trend” agentligi xabar berdi.
Yangi ekologik tashabbus Turkmaniston, Ozarbayjon va Qozog‘istonning faol ishtirokida amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish uchun Global ekologik jamg‘arma (GEF) tomonidan 11,74 million AQSh dollari miqdorida grant mablag‘i ajratildi.
Bundan tashqari, Jahon banki qo‘shimcha 8,24 million dollar miqdoridagi alohida loyihani ham Direktorlar kengashi muhokamasiga taqdim etishni rejalashtirmoqda. BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) va BMTning Loyihalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (UNOPS) ushbu loyihalarning muvofiqlashtiruvchi va ijrochi organlari sifatida chiqish qiladi.
Kaspiy dengizi ekotizimini tiklash loyihasi uchta strategik yo‘nalishdan iborat:
Keywords