
Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon Erondagi koreys fuqarolarini evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun Turkmaniston tomoniga minnatdorchilik bildirdi. Ikki davlat o‘rtasidagi ushbu hamkorlik do‘stlik va o‘zaro yuksak ishonch namunasi sifatida qayd etildi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon mamlakat fuqarolarini Erondan evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun Turkmaniston tomoniga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Prezidenti devoniga tayanib, “The Korea Times” nashri xabar berdi.
Turkmaniston tomonining hamkorligi natijasida Eronda bo‘lgan 25 nafar Koreya Respublikasi fuqarosi hamda koreyaliklarning eronlik oila a’zolari bo‘lgan 4 kishi o‘tgan hafta chegaradan o‘tib, Turkmanistonga kelgani qayd etilgan.
Prezident evakuatsiya vaqtida Turkmaniston tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash ikki davlat o‘rtasidagi samimiy do‘stlik va yuksak ishonchni navbatdagi bor isbotlaganini ta’kidladi.
Keywords