
Li Von Chje Koreya Respublikasining Turkmanistondagi yangi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlash joizki, 30 yillik tajribaga ega diplomat Li Von Chje bundan avval Koreya Respublikasi Milliy diplomatik akademiyasining yuqori darajali professori lavozimida faoliyat yuritgan.
Li Von Chje 1968-yilda tug‘ilgan. U Koreya Respublikasining nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan Yonse universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida mamlakatning Buyuk Britaniya, Germaniya va Italiyadagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan.
Keywords