
Koreya Respublikasining «Diplomatiya» jurnalining Turkmanistonga bag'ishlangan maxsus soni nashrdan chiqdi.
Jurnalning ushbu soni Turkmaniston elchixonasi bilan hamkorlikda tayyorlangan bo'lib, unda mamlakatning asosiy xalqaro tashabbuslari, diplomatik faoliyati hamda xalqaro hamkorlikning kengayishi bayon etilgan.
Maqolalarda 2025-yilning muhim voqealariga, jumladan, Turkmanistonning BMT doirasidagi tashabbuslariga, Ashxobodda o'tkazilgan yuqori darajadagi xalqaro forumlarga hamda tinchlik va ishonchni mustahkamlashga qaratilgan Butunjahon muloqotiga alohida e'tibor qaratilgan.
Jurnalda turkman-koreys munosabatlarining rivojlanishiga: yuqori darajadagi uchrashuvlar, rasmiy tashriflar va ikki mamlakat o'rtasida yo'lga qo'yilgan ilk to'g'ridan-to'g'ri yo'lovchi aviaqatnovlarining ochilishiga ham alohida o'rin berilgan.
Bundan tashqari, nashrda iqtisodiy, madaniy va diplomatik hamkorlik haqida reportajlar joylashtirilganligi haqida Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi saytida xabar beriladi.
Keywords