Lebap viloyatida sholi o’rimi qizg’in davom etmoqda. Reja bo’yicha bu mavsumda ushbu qimmatli don mahsulotidan 47 400 tonna yig’ib olinishi kerak. Bu haqda «Turkmen gundogari» gazetasi xabar berdi.
Dehqonlar belgilangan rejadan ko’proq hosil yig’ish uchun fidokorona mehnat qilmoqda. Joriy qishloq xo’jaligi yilida viloyatda 130 ming gektar maydonga g’o’za ekilgan va 320 ming tonna «oq oltin» yig’ib olish rejalashtirilgan. Paxta dalalarida hozir mehnat qizg’in pallada.
2026-yilgi yozgi o’rim mavsumida viloyatda 130 ming gektarga ekilgan bug’doydan 310 ming tonna mo’l hosil yig’ib olindi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.