
Mamlakatimizni kompleks rivojlantirish, idora va korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Zamonaviy texnologiyalarning samarali ishiga va bugungi kunning innovatsion ishlanmalariga tayanadigan zamonaviy korxonalar milliy iqtisodiyotimizni yanada quvvatlantirib, taraqqiyotning yangi cho‘qqilariga olib chiqmoqda.
Qahramon Arkadag‘imiz va Arkadag‘li Qahramon Serdarimizning sa’y-harakatlari natijasida mamlakatimizga dunyoning yetakchi kompaniyalaridan quvvatli texnikalarning bosqichma-bosqich keltirilishi yuksak mehnat g‘alabalarini ta’minlamoqda.
«Mustaqil, doimiy Betaraf Turkmaniston — tulpor shiddatli zafarlar makoni» yili viloyatimiz suv xo‘jaligi xodimlari uchun ham barakali bo‘ldi. Muhtaram Prezidentimiz nomidan «Lebap Altyn Asyr Türkmen köl gurluşyk» boshqarma korxonasiga sovg‘a qilingan zamonaviy texnikalar o‘zining quvvati, xizmat ko‘rsatish xususiyatlari va qulayligi bilan ajralib turadi. Aniqrog‘i, korxonaga Xitoy Xalq Respublikasining «Shantui» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 28 ta ekskavator va 7 ta buldozer yetib keldi. Bunda ekskavatorlar cho‘michining hajmi 0,43 kub metrdan 1,05 kub metrgacha yetishini, buldozerlarning quvvati esa 162 ot kuchiga tengligini alohida ta’kidlash lozim.
Bundan tashqari, korxonaga «SITRAK» kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan bittadan xizmat ko‘rsatish avtomobili va vaxta avtobusi, 2 ta yoqilg‘i quyish mashinasi, 3 ta tirkama tortuvchi avtomobil hamda 3 ta tirkama keltirildi.
Bunday zamonaviy yangi texnikalar bilan ta’minlanishdan asosiy maqsad — suv qurilishi ishlarining sifatini oshirish hamda sohaning xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini takomillashtirishdir. Ta’kidlanganidek, davlat siyosatida tizim ishini yaxshilash va texnik bazani mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa davlatimizning iqtisodiy qudratidan va tegishli tuzilmalar faoliyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlardan dalolat beradi.
Keywords