Angliya Premyer-ligasining 33-turida «Manchester Yunayted» mehmonda «Chelsi» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 43-daqiqasida Brunu Fernandeshning uzatmasidan so‘ng Mateus Kunya raqib darvozasini ishg‘ol qildi. «Chelsi» uchun o‘yin og‘ir boshlandi: 16-daqiqadayoq jamoa hujumchisi Estevao jarohat olib maydonni tark etdi. Mezbonlar to‘p nazorati (59%) va zarbalar bo‘yicha ustunlik qilgan bo‘lsalar-da, «Yunayted» himoyasi g‘alabani saqlab qola oldi. Endilikda «MYU» 58 ochko bilan 3-o‘rinda, «Chelsi» esa 48 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
«Manchester Yunayted» «Chelsi»ni mag‘lub etib, uchinchi o‘rindagi mavqeini mustahkamladi
1 daqiqa o'qish21

Mateus Kunyaning goli «Manchester Yunayted»ga Londonda g‘alaba keltirdi va jamoani APL turnir jadvalida uchinchi o‘ringa mustahkam joylashtirdi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.