Braziliyalik futbolchi Kazemiro Amerikaning «Inter Mayami» klubi o‘yinchisiga aylandi. Bu haqda jamoaning matbuot xizmati xabar bermoqda.

34 yoshli yarim himoyachi bilan tuzilgan shartnoma 2029-yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.

Braziliyalik futbolchining so‘nggi klubi 2022-yilning yozgi mavsumida o‘tgan «Manchester Yunayted» bo‘ldi. Ushbu jamoa tarkibida Kazemiro Liga kubogi va Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

Ungacha u Braziliyaning «San-Paulu», Portugaliyaning «Portu» va Ispaniyaning «Real Madrid» klublarida o‘ynagan.

U «Real» bilan Chempionlar ligasida besh marta g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, u Madrid klubi bilan birgalikda uch martadan Ispaniya chempionati, Ispaniya Superkubogi, UYEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini, bir marta esa mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

Braziliya milliy terma jamoasi tarkibida u Amerika kubogining (2019) g‘olibi bo‘ldi.

«Inter Mayami» — Oliy futbol ligasining (MLS) amaldagi chempionidir. Jamoaning sardori argentinalik Lionel Messidir.