
Avval ushbu xizmat Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston va Gruziya foydalanuvchilari, shuningdek Indoneziya, Malayziya, Tailand, Turkiya, BAA va Laos aholisi uchun mavjud edi. Endi ushbu ro‘yxatga Turkmaniston ham qo‘shildi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun MAX mobil yoki desktop ilovasini yuklab olish kerak — veb orqali profil yaratish mumkin emas. Ro‘yxatdan o‘tish odatdagi tartibda amalga oshiriladi: foydalanuvchi telefon raqamini kiritadi, SMS orqali 6 xonali tasdiqlash kodini oladi, ismini ko‘rsatadi va istalgan holda profil rasmni yuklay oladi.
Ba’zi hududlarda cheklovlar mavjud: foydalanuvchilar faqat o‘z kontaktlariga yoki birinchi yozgan shaxslar bilan muloqot qilishi mumkin; noma’lum foydalanuvchilar bilan mustaqil suhbat boshlash yoki guruh chatlariga qo‘shilish mumkin emas.
Keywords