
Joriy yilning 22-may kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
Bu haqda MDH Bosh kotibi o‘rinbosari Igor Petrishenko Minskda bo‘lib o‘tgan MDH Doimiy vakillari kengashi yig‘ilishida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi, deya xabar beradi “BELTA” nashri.
Hozirgi vaqtda Hukumat rahbarlari kengashi majlisi kun tartibiga iqtisodiy hamkorlik, kongress-ko‘rgazma faoliyati, transport koridorlarini rivojlantirish va raqamlashtirish bilan bog‘liq 11 ta masalani kiritish taklif qilinmoqda. Shuningdek, majlisda 2027-yil uchun Minsk shahriga, 2028-yil uchun esa Qarag‘anda shahriga “MDH madaniy poytaxti” maqomini berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Majlis Turkmanistonning MDHga raisligi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Keywords