Misrda Suvaysh kanaliga parallel ravishda o‘tadigan yuqori tezlikdagi temir yo‘l qurilishi davom etmoqda. Yangi temir yo‘l Qizil dengiz va O‘rta yer dengizi o‘rtasidagi yuk hamda yo‘lovchi tashuvlarini rivojlantirish, shuningdek, mamlakat transport infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan.
Loyihaning birinchi bosqichi doirasida uzunligi 660 kilometr bo‘lgan temir yo‘l qurilishi rejalashtirilgan. U Qizil dengiz sohilidagi Ayn-Soxna portini Misrning yangi poytaxti orqali O‘rta yer dengizi sohilidagi Iskandariya va Marsa-Matruh portlari bilan bog‘laydi.
Ushbu tashabbus umumiy uzunligi 2 ming kilometrga yetadigan va mamlakatning katta qismini qamrab oladigan keng ko‘lamli loyihaning dastlabki bosqichi bo‘ladi. Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Misrda yuqori tezlikdagi elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i shakllanadi.
Yangi transport yo‘nalishining foydalanishga topshirilishi portlar o‘rtasidagi logistika imkoniyatlarini kengaytirish, yo‘lovchilar qatnovini yengillashtirish va mamlakatning turli hududlari o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlashga yordam berishi mumkin.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.