
Turkmaniston diplomatik xizmatining hurmatli xodimlari!
Sizni Vatanimizda har yili keng nishonlanadigan Turkmaniston diplomatik xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbdan tabriklayman. «Maxtumquli Firogʻiy aqldaryosi» yili deb eʼlon qilingan yilda ham davlatimizning xalqaro obroʻsini yanada yuksaltirish uchun yangi, baland marralar belgilandi. Sizning mintaqaviy va xalqaro munosabatlarda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishingizga qatʼiy ishonaman.
Hurmatli diplomatlar!
Turkmaniston Mustaqilligining ilk qadamlaridanoq xalqaro munosabatlarda va tashqi siyosatda Betaraflik, teng huquqlilik, yaxshi qoʻshnichilik kabi fundamental tamoyillarni tanlab oldi. Oʻtgan yillar davomida davlatimizning tashqi siyosati Turkmanistonning milliy manfaatlariga va Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlariga toʻliq mos kelishini amalda isbotladi. Turkmanistonning doimiy Betarafligi BMT Bosh Assambleyasining tegishli rezolyutsiyalari bilan uch bor eʼtirof etilgani buning yaqqol misolidir. Ashxobodda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazining ochilishi va uning Turkmaniston Hukumati bilan samarali ishlashi ham Betaraflikning tinchlikparvar kuchining alohida ahamiyatini keng ochib beradi.
Mamlakatimizning xalqaro ahamiyatga molik takliflari va umumbashariy xarakterga ega tashabbuslari asosida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish sohasidagi muhim rezolyutsiyalar majmuasining qabul qilinishi davlatimizning ushbu nufuzli tashkilot bilan strategik hamkorligi samarali mazmunga ega ekanligidan dalolat beradi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2025-yilning «Xalqaro tinchlik va ishonch yili» deb eʼlon qilinishi ham bu haqiqatni toʻliq tasdiqlaydi. Xalqaro Betaraflik kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan yuqori darajadagi xalqaro forum yakunlari Turkmanistonning dunyo hamjamiyatidagi obroʻsini yanada oshirdi, davlatimizning tinchliksevar doktrinasini yana bir bor olamga yoydi.
Berqaror davlatning yangi davri Uygʻonish davrida biz xalqaro majburiyatlarga hamda xalqaro huquq tamoyillariga qatʼiy amal qilib, mamlakatimizning geosiyosiy va geoiktisodiy imkoniyatlarini tinch hayot, ijodiy rivojlanish, oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻlida amalga oshirmoqdamiz. 2028-yilni «Xalqaro huquq yili» deb eʼlon qilish haqidagi tashabbus butun dunyoda tinchlikning nafaqat huquqiy poydevorini, balki uning maʼnaviy asoslarini ham takomillashtiradi. Ushbu insonparvar tashabbuslar xalqaro munosabatlarda oʻzaro hurmat va adolat tamoyillarini qaror toptirish bilan birga, global barqarorlikning yangi tarixiy sahifasini ochmoqda.
Davlatimiz tashqi siyosatining strategik yoʻnalishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan bir qatorda, hozirgi vaqtda energetika, transport-kommunikatsiya, ekologiya, yuqori texnologiyali «yashil» iqtisodiyot, madaniy-gumanitar soha kabi muhim yoʻnalishlarda yirik xalqaro loyihalarni amalga oshirish boʻyicha zarur sharoitlar yaratilmoqda. Doimiy Betaraf davlatimizning tinchlik hamda ishonch tamoyillariga asoslangan tashqi siyosati va diplomatiyasi uzoq muddatli milliy dasturlarimizni amalga oshirish uchun xalqaro maydonda zarur boʻlgan muhim imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan. Shu munosabat bilan davlatlararo va hukumatlararo darajada siyosiy-diplomatik, xalqaro huquqiy, savdo-iqtisodiy maslahatlashuvlarning samarali mexanizmlarini ishga tushirishda mamlakatimiz diplomatik xizmatiga katta talab qoʻyilmoqda.
Turkmaniston bugun taraqqiyotning yuksak marralarini koʻzlab, nurli kelajak sari ishonch bilan bormoqda. Mustaqil, doimiy Betaraf davlatimizning ota-bobolarimizning insonparvar tamoyillariga asoslangan tashqi siyosati va diplomatiyasi milliy dasturlarimizni amalga oshirish uchun xalqaro maydonda zarur sharoitlarni yaratmoqda. «Berqaror davlatning yangi davri Uygʻonish davri: Turkmanistonni 2022–2052-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Milliy dasturi»dan kelib chiqib, mamlakatimiz diplomatik xizmati xodimlari tashqi siyosatimizda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash orqali xalqaro munosabatlarni takomillashtirishga chorlaydigan namunali siyosatimiz miqyosini kengaytirishda, Turkmanistonning dunyo maydonidagi obroʻsini yanada yuksaltirishda faol ishtirok etmoqdalar. Mamlakatimiz milliy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishda va xalqaro munosabatlar tizimidagi yuksak obroʻsini oshirishda davlatimiz diplomatik xizmati xodimlari oʻz oldilariga qoʻyilgan muhim vazifalarni yuqori darajada bajarishlariga qatʼiy ishonaman.
Turkmaniston diplomatik xizmati xodimlari!
Sizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklayman. Sizga mustahkam sogʻliq, farovonlik, davlatimizning dunyo miqyosidagi obroʻsini yanada oshirish yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov.
Keywords