
Hurmatli odamlar! Aziz vatandoshlar!
Sizni insoniyatning axloqiy va ruhiy pokligini dunyoga taratuvchi eng qadimiy bayramlardan biri bo‘lgan muqaddas Ro‘za hayiti bilan chin qalbdan tabriklayman. «Mustaqil, boqiy Betaraf Turkmaniston — tulpor qadamli orzular makoni» yilida Ro‘za hayitiga bag‘ishlangan boy mazmunli tadbirlar aziz Vatanimizning olamga taralayotgan obro‘-e’tiboriga, shon-sharafiga cheksiz faxrlanadigan mehriban xalqimizning vatanparvarlik tuyg‘usini, ijodiy g‘ayratini, mehnat jo‘shqinligini yanada yuksaltirishiga qat’iy ishonaman.
Asrlar davomida takomillashtirilib va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan Ro‘za hayiti insonparvarlikni, xushniyatlikni tarannum etadi. Bu bayramning ulkan ahamiyati bizning kunlarimizda yanada yaqqol sezilmoqda. U Berkarar davlatning yangi davrining Uyg‘onish davrida mazmun-mohiyat jihatdan yanada boyitilmoqda. Xalqimizni ijodiy ishlarga, yangi muvaffaqiyatlarga ruhlantirishda, ayniqsa, yoshlarimizda o‘tmishimizga buyuk faxrni, olijanob xislatlarni tarbiyalashda Ro‘za hayiti munosib o‘rin egallaydi.
Aziz Vatanimiz Mustaqilligining shonli 35 yilligi keng nishonlanayotgan yilda ham badan va ruhiy jihatdan poklanishning karomatli oyida farz hamda vojib tamoyillarga tayanib, og‘iz yopildi, tarovih namozlari o‘qilib, el-yurtning tinchligi, obodligi hamda ravnaqi uchun duo-iltijolar qilindi. Taraqqiyotning yangi cho‘qqilariga tomon tulpor qadami bilan ishonchli odimlayotgan aziz Diyorimizning poytaxti Ashxobod shahrida, zamonaviy raqamli texnologiyalarning, ekologik obodlikning va milliy me’morchilik an’analarining uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan ajoyib Arkadag shahrida, baxtiyor hayot qaynayotgan shaharlarimiz hamda qishloqlarimizda Ro‘za hayiti yuqori ruhda keng kutib olinmoqda. Mardona ota-bobolarimizdan kelayotgan va hozirgi davr ruhi bilan uyg‘unlashgan olijanob an’analarimizga amal qilib, Mustaqil, doimiy Betaraf davlatimizning dunyodagi obro‘sining yanada yuksak ko‘tarilishi, yurt obodligi uchun duo-iltijolar qilinmoqda. Bu esa milliy an’analarimiz, to‘y-bayramlarimiz, urf-odatlarimiz munosib davom ettirilib, jamiyatimizning yanada jipslashayotganini hamda yuksalayotganini tasdiqlaydi.
Biz Berkarar davlatning yangi davrining Uyg‘onish davrida tinchliksevarlik, xushniyatlik, do‘st-birodarlik an’analarimizni munosib davom ettirib, milliy va dunyo hamjamiyatining manfaatlariga mos keladigan siyosatni olib bormoqdamiz. Bularning barchasi aziz Vatanimizning buyuk kelajagi, mehriban xalqimizning, butun insoniyatning baxt-saodati, dunyoning tinchligi yo‘lida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik an’analariga asoslangan ishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Ro‘za hayiti ham tinchlikning, obodlikning mustahkamlanishiga, xalqlarning yanada yaqinlashishiga, berkarar Vatanimizning qudratlanishiga, milliy an’analarimizning tantana qilishiga hissa qo‘shadi.
Aziz vatandoshlar! Hurmatli odamlar!
Sizni inson qalbi pokligini tarannum etuvchi muqaddas Ro‘za hayiti bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklayman. Sizga mustahkam sog‘liq, tinch va obod hayot, baxt-saodat, aziz Vatanimizning bundan buyon ham gullab-yashnashi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Muborak Ramazon oyining saxovatli kunlarida ado etgan toat-ibodatlaringiz, bergan iftorlik sadaqalaringiz, Mustaqil, boqiy Betaraf Vatanimizning barqarorligi, ahilligimiz hamda obodligimiz uchun qilgan duo-iltijolaringiz Qudrati Kuchli Buyuk Olloh dargohida qabul bo‘lsin!
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov.
Keywords