Nijegorod Davlat Universiteti rus tilini chet tili sifatida o‘rganayotgan xorijiy fuqarolarni «Lobachevskiy/RU» xalqaro olimpiadasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Oraliq bosqich 13 martda, yakuniy bosqich esa 20 martda bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblar va sovrindorlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:

  • N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijegorod Davlat Universitetining iqtisodiyot yoki gumanitar yo‘nalishdagi magistratura dasturida bepul o‘qish;
  • Universitetning «Ruscha yoz» («Лето по-русски») xalqaro yozgi maktabida o‘qish imkoniyati.

Arizalar 1 martgacha qabul qilinadi: https://lobru.unn.ru/lk/