AQShda yangi yil bayramlarining asosiy ramzlaridan biri hisoblangan Rojdestvo archasi Nyu-York shahridagi Rokfeller markazi oldida o‘rnatildi.
Bo‘yi 23 metrdan oshadigan norveg archasi AQShning Nyu-York shtati shimoliy qismidan olib kelinib, Beshinchi va Oltinchi avenyular oralig‘ida joylashgan Rokfeller markazi maydoniga tiklandi.
«RIA Novosti» agentligining xabar berishicha, archa chiroqlari 2-dekabr kuni tantanali marosimda yoqiladi. Shu tariqa, shaharda Yangi yil va Rojdestvo bayramlariga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.