2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi 39 million 535 ming 200 kishiga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga ko‘pdir. Bu haqda mamlakat Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlar 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslangan. Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 638 ming 600 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Shu davrda mamlakat aholisi 515 ming 200 kishiga ko‘paygan, 172 mingta nikoh qayd etilgan.
Aholining hududlar bo‘yicha taqsimotiga ko‘ra, shaharlarda 21 million 523 ming 800 kishi istiqomat qiladi. Bu umumiy aholining 54,4 foizini tashkil etadi. Qishloq joylarda esa 18 million 11 ming 400 kishi yoki aholining 45,6 foizi yashaydi.
Jinsiy tarkib bo‘yicha erkaklar 20 million 14 ming kishini (50,6 foiz), ayollar esa 19 million 521 ming 200 kishini (49,4 foiz) tashkil etadi.
Hududlar orasida aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda. Bu yerda qariyb 4 million 462 ming 800 kishi yashaydi. Keyingi o‘rinlarda 4 million 293 ming aholiga ega Farg‘ona viloyati, 3 million 746 ming 200 kishilik Qashqadaryo viloyati hamda 3 million 574 ming 400 aholiga ega Andijon viloyati turadi. Toshkent viloyati aholisi 3 million 799 ming 100 kishini, mamlakat poytaxti Toshkent shahri aholisi esa 3 million 278 ming 500 kishini tashkil etadi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.