
Xalqaro gumanitar fanlar va rivojlanish universiteti negizida VI Ochiq xalqaro matematika olimpiadasi start oldi. Ushbu intellektual musobaqa oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash va aniq fanlar yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ochilish marosimi universitet foyyesida tashkil etilgan oliy o‘quv yurti yutuqlari ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Universitet rektori tadbir ishtirokchilariga qutlov so‘zi bilan yuzlandi. Ochilish marosimining rasmiy qismidan so‘ng ishtirokchi jamoalar tanishtirildi.
Bu yilgi olimpiadada 9 ta davlat vakillari ishtirok etmoqda. Ishtirokchilarning umumiy soni quyidagicha taqsimlandi:
Musobaqalar besh kun davom etadi, har bir turning davomiyligi 5 soatni tashkil qiladi. Natijalar sarhisob qilinib, g‘oliblarni taqdirlash marosimi 28-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Keywords