
Poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Shu yilning 24-25-may kunlari Ashgabat shahrida XXV ko‘p tarmoqli «Oq shaharim Ashgabat — 2026» (WCA 2026) nomli xalqaro ko‘rgazma va konferensiya tashkil etiladi. Hozirgi vaqtda ushbu nufuzli forumda ishtirok etishni xohlovchilarni ro‘yxatga olish ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.
Bu yilgi yubiley forumining bosh shiori «Yalpi muloqotlardan amaliy hayotga tatbiq etish: barqaror, inklyuziv va "aqlli" shaharlar» deb nomlandi. Bu esa hozirgi zamon shaharsozligida eng zamonaviy chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etishga qaratilgandir.
Ushbu xalqaro tadbirda dunyoning 55 davlatidan 650 dan ortiq delegat, shuningdek, qurilish, infratuzilma, energetika, texnologiyalar va shaharsozlik sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 100 dan ortiq yetakchi xalqaro kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferensiyaning biznes dasturi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) yuqori darajadagi davra suhbati, shuningdek, «Barqaror, aqlli va yalpi integratsiyalashgan poytaxtni shakllantirish» nomli strategik plenar majlisi o‘tkaziladi. Uchrashuvlarda shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish, barqaror rivojlanish, energetika tizimlari, raqamli texnologiyalar va xalqaro investitsiyaviy hamkorlik kabi muhim mavzular muhokama qilinadi.
Hozirgi vaqtda tashkilotchilar tomonidan konferensiya va ko‘rgazma maydonchalarini tayyorlash, shuningdek, xalqaro darajadagi biznes uchrashuvlari rejasini tasdiqlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlanmoqda.
Forumda ishtirok etish, homiylik paketlari va tadbirning aniq rejasi to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlar bilan «WCA 2026» rasmiy internet sahifasida to‘liq tanishish mumkin.
Keywords