Turkmanistonning Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasida Qozog‘iston Respublikasi Senati kengashi a'zosi, hurmatli oqsoqol Omurzak Ozganbayev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda elchixonaning rasmiy saytida xabar berildi.
Uchrashuv avvalida hurmatli oqsoqol Ashxobodga qilgan tashrifini samimiyat bilan yodga olib, 2024-yilning 11–13-mart kunlari Turkmaniston raisligida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashining 15-yig‘ilishida ishtirok etganini ta'kidladi.
Suhbat davomida joriy yilning 23-sentyabr kuni Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkmaniston Xalq Maslahatining yig‘ilishi yuzasidan fikr almashinildi. Shuningdek, 23-avgust kuni Qozog‘iston Respublikasida Qurultoy deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tishi qayd etildi.
Uchrashuv qatnashchilari ikki mamlakat davlat tuzilishidagi farqlarga qaramay, Turkmaniston Xalq Maslahati va Qozog‘istonning yangi davlat organi hisoblangan Xalq Kengashi turkiy xalqlarning qadimiy an'analariga tutashgan umumiy tarixiy-madaniy ildizlarga ega ekanligini ta'kidladilar.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.