Ozarbayjon Respublikasi Turkmanistondagi elchixonasi yordamchi lavozimiga mutaxassis izlamoqda. Bu haqda elchixonaning matbuot xizmati xabar berdi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy ma’lumot;
- Turkman va ingliz tillarini mukammal bilish (og‘zaki va yozma);
- Shaxsiy kompyuterdan yuqori darajada foydalanish;
- MS Office dasturlarini (xususan Word va Excel) yaxshi bilish.
Qiziqqan nomzodlar o‘z rezyumesini ingliz tilida quyidagi elektron manzilga yuborishlari kerak:
ashgabat@mission.mfa.gov.az







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.