
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov “Transfermarkt” portali tomonidan 3-iyun kuni e’lon qilingan yangi bozor narxlariga ko‘ra, Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘ldi.
Ushbu manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbek futbolchisining bahosi 50 million yevroga yetdi. Oxirgi olti oy ichida uning bozor qiymati 15 million yevroga ko‘tarildi.
Husanovning 2025-yil yanvar oyidan buyon “Manchester Siti” jamoasida o‘ynab kelayotgani qayd etilgan. U bundan avval Fransiyaning “Lens” jamoasida to‘p surgan va u yerdan ingliz klubiga transfer qilingan edi. O‘yinchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingida ikkinchi o‘rinni Germaniyaning “Mayns 05” klubida to‘p surayotgan yaponiyalik o‘yinchi Kaishu Sano egallab turibdi (bahosi 40 million yevro).
Uchinchi o‘rinda esa Ispaniyaning “Real Sosedad” klubi sharafini himoya qilayotgan va bahosi 30 million yevroga teng bo‘lgan yaponiyalik yarim himoyachi Takefusa Kubo joylashgan.
Ushbu yangilangan ma’lumotlar Yevropa chempionatlarida o‘ynayotgan yetakchi osiyolik futbolchilarning bozor qiymati oshganini ko‘rsatmoqda.
Keywords