Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ahal viloyatining Baherdan etapi hududida joylashgan «Archman» sanatoriyasiga tashrif buyurdi. Arkadagli Qahramon Serdarimiz bu yerda qo‘shimcha yangi davolash markazi binolar majmuasini qurish hamda ayrim binolarni yanada modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Sanatoriyda keng qamrovli qurilish va modernizatsiya ishlari yakunlovchi bosqichda davom etmoqda.

Bu yerda sog‘liqni saqlash va derman sanoati vaziri M. Gayipov Prezidentimizning ilgari bergan topshiriqlaridan va shifokor Arkadag‘imizning o‘git-nasihatlaridan kelib chiqib, sanatoriyda yangi qurilayotgan binolar majmuasining hamda yanada modernizatsiya qilinayotgan binolarning hozirgi ahvoli, ularning ta’minoti va jihozlanish darajasiga tegishli loyihalar, yo‘ldosh obyektlarning joylashish chizmalari haqida hisobot berdi.

Ko‘rsatilgan loyihalar qatorida 400 o‘rinli yangi sanatoriya binosining, tubdan modernizatsiya qilinayotgan «A» hamda «B» binolarining, oshxonaning, fitobar va choyxonaning, 300 o‘rinli majlislar zalining, mineral suv ichiladigan binoning, bolalar uchun o‘yin xonalarining, turli mashqlarni bajarishga mo‘ljallangan trenajyor zalining, shifobaxsh suv bilan davolash binosining, to‘rt qavatli avtoturargohning eskizlari bor.

Prezidentimiz bu yerda ko‘rsatilgan loyihalar va binolarning joylashish chizmalari hamda majmuaning xonalarida yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan qiziqib, ularga bir qator mulohazalarini aytdi va tegishli tuzatishlarni kiritdi.

Mustaqilligimizning shonli 35 yillik to‘yi nishonlanadigan yilda Sog‘liqni saqlash va derman sanoati xodimlari kunida binolar majmuasining ochilish marosimiga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkiliy ruhda o‘tkazish masalalari e’tibor markazida saqlanishi lozim.

Prezidentimiz «Archman» sanatoriyasining davolash imkoniyatlaridan samarali foydalanish, sanatoriyning shifobaxsh suvli bulog‘ining suv zaxiralarini bundan buyon ham ilmiy asosda o‘rganish va bu yerda ishlayotgan shifokorlarning kasbiy malakasini muntazam takomillashtirib borish borasida bir qator topshiriqlar berdi.