
Hurmatli Prezidentimiz Serdar Berdimuhamedov Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashviliga uning şanli 55 yosh to‘yi munosabati bilan chin dildan tabriklar va eng ezgu tilaklarini yo‘lladi.
Davlat Rahbarimiz Turkmaniston va Gruziya o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch va teng huquqli hamkorlik tamoyillariga asoslangan do‘stona munosabatlar turli yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
“Yaqinda Gruziyaga amalga oshirgan davlat tashrifim doirasida Tbilisi shahrida o‘zaro tushunish va ishonch ruhida o‘tgan uchrashuvimizni iliq tuyg‘ular bilan yodga olaman. Imkoniyatdan foydalanib, ko‘rsatgan mehmondo‘stligingiz, samimiy qabulingiz uchun Sizga yana bir bor chin dildan minnatdorlik bildiraman. Biz Sizning turkman-gruzin munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissangizni yuksak qadrlaymiz. Qo‘shma sa’y-harakatlarimiz tufayli turkman-gruzin hamkorligi xalqlarimiz manfaati yo‘lida bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga qat’iy ishonaman”, – deb ta’kidladi hurmatli Prezidentimiz o‘z maktubida.
Davlat Rahbarimiz ushbu qutlug‘ kunda Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashviliga mustahkam sog‘lik, bitmas-tuganmas shijoat, mas’uliyatli davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Gruziyaning do‘st xalqiga esa tinchlik, farovonlik va bundan keyin ham ravnaq tiladi.
Keywords