
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘lladi. Bu haqda “Watan” xabarlar dasturida ma’lum qilindi.
Tabrik maktubida V. Putin Rossiya va Turkmaniston o‘rtasidagi chuqurlashtirilgan strategik sheriklik munosabatlari do‘st xalqlar manfaati, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizi mintaqasida xavfsizlik hamda barqarorlikni ta’minlash yo‘lida bundan buyon ham barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, Rossiya Prezidenti ushbu nurli bayram kunida Turkmaniston Prezidentiga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, turkman xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tiladi.
Keywords