
Turkman xalqining Milliy Etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligiga amalga oshirayotgan tashrifi doirasida yakshanba kuni Qirol Karl III bilan uchrashdi. Vindzor qasrida boʻlib otgan ushbu tarixiy uchrashuv ikki mamlakat oʻrtasidagi yuqori darajadagi doʻstona munosabatlarning navbatdagi isboti boʻldi.
«Watan» axborot dasturining bergan maʼlumotlariga koʻra, oliymartaba mehmonlar qatorida Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi Gʻamxoʻrlikka muhtoj bolalarga yordam koʻrsatish boʻyicha xayriya fondining davolash ishlari boʻyicha vitse-prezidenti Oguljahan Atabayeva ham ishtirok etdi.
Qirol Karl III Turkmaniston Xalq Maslahati Raisini alohida yuksak hurmat-ehtirom bilan kutib oldi hamda dunyoda katta obroʻ-eʼtibor qozongan mashhur siyosatchi, Arkadag sifatida tanilgan Etakchi bilan uchrashish oʻzi uchun yuksak sharaf ekanini alohida taʼkidladi.
Monarx 2015-yilda Turkiyaning Chanaqqalʼa yodgorlik majmuasida oʻtkazilgan tadbirlar doirasida Qahramon Arkadagimiz bilan boʻlgan ilk uchrashuvini yoqimli tuygʻular bilan yodga oldi va oʻsha lahzalar oʻzida unutilmas taassurotlar qoldirganini qayd etdi.
Uchrashuv davomida Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi koʻrsatilgan mehmondoʻstlik va samimiy soʻzlar uchun minnatdorlik bildirib, Qirol Karl III ga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning samimiy salomi hamda eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻz navbatida, Buyuk Britaniya Qiroli ham Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning 2023-yilda Buyuk Britaniya poytaxtiga amalga oshirgan rasmiy tashrifini hamisha yoqimli tuygʻular bilan eslashini taʼkidlab oʻtdi.
Ot sporti madaniyati haqida soʻz borganda, Qirol Karl III turkman axalteke tulporlarining dunyodagi shuhratiga yuksak qadrlashini maʼlum qildi. U ikki davlat oʻrtasida aynan mana shu ajoyib qadriyatlar orqali hamkorlikni yanada mustahkamlashga katta qiziqish bildirayotganliklarini taʼkidladi.
Shuningdek, britaniyalik monarx kelgusi yili Buyuk Britaniyada tashkil etiladigan xalqaro ot sporti tadbirlarida turkman axalteke tulporlarining ajoyib chiqishlarini sabrsizlik bilan kutayotganliklarini aytdi.
Londonga uyushtirilgan tashrifning tarixiy ahamiyatga molik lahzalari buning bilan cheklanmadi. Turkman xalqining Milliy Etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Buyuk Britaniya qirollik oilasining taniqli vakillaridan biri — Edinburg gersogi shahzoda Edvard bilan ham uchrashuv oʻtkazib, oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildi.
Tashrif yakunida Qahramon Arkadagimiz Qirol Karl III ga va Edinburg gersogiga esdalik sovgʻalarini topshirdi hamda britaniya qirollik oilasi aʼzolarini Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Maʼlumki, joriy yilda Turkmaniston oʻz Mustaqilligining shonli 35 yillik bayramini nishonlamoqda va shu munosabat bilan mamlakatda keng koʻlamli bayram tantanalari, jumladan, ot sporti musobaqalari rejalashtirilgan. Vindzorda taʼkidlanganidek, ushbu taklif britaniya tomoni tomonidan katta mamnuniyat bilan qabul qilindi. Rasmiy kuzatish marosimidan soʻng, Turkmaniston delegatsiyasining samolyoti Ashxobod shahriga joʻnab ketdi.
Keywords