Bugun Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Xalqaro Migratsiya Tashkilotining (XOM) Qozog‘istondagi vakolatxonasi rahbari, tashkilotning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Serhan Aktoprak bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkmaniston TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida migratsiya jarayonlarini boshqarish, migrantlar huquqlarini himoya qilish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikda Kaspiy mintaqasining ekologik jarayonlari hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini hisobga olishning muhimligi alohida ta'kidlab o‘tildi.