
Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Raşid Meredov seshanba kuni AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh maxsus vakili Serjio Gor bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda AQSh Davlat Departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida tomonlar mintaqaviy xavfsizlik masalalari va Markaziy Osiyodagi iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, ular hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar. AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Qo‘shma Shtatlarning Turkmaniston bilan hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga sodiqligini tasdiqladi.
Joriy yil yanvar oyida AQSh maxsus vakili Serjio Gor va AQSh Quruqlik qo‘shinlari vaziri Deniel Driskol Turkmanistonga tashrif buyurishgan edi.
Keywords