UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida “Real Madrid” Federiko Valverde tomonidan qayd etilgan xet-trik evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi. Parijda esa Xvicha Kvarasxeliyaning gollari “PSJ”ning yirik g‘alabasini ta’minladi.
12-martga o‘tar kechasi Chempionlar ligasining 1/8 final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va ular hayratlanarli natijalar bilan yakunlandi. Kechaning asosiy qahramoni “Santyago Bernabeu” stadionida xet-trik qayd etgan Federiko Valverde bo‘ldi. Shuningdek, Parijda Xvicha Kvarasxeliyaning sermahsul o‘yini “PSJ”ning “Chelsi” ustidan yirik g‘alaba qozonishiga yordam berdi.
Uchrashuv natijalari va gollar:
- “Real Madrid” — “Manchester Siti” — 3:0 (Gollar: Valverde 20', 27', 42')
- “PSJ” — “Chelsi” — 5:2 (Gollar: Barkola 10', Dembele 40', Ferreyra 74', Kvarasxeliya 86', 90+4' — Gyusto 28', Fernandes 57')
- “Byodo-Glimt” — “Sporting” — 3:0 (Gollar: Fet 32', Blomberg 45+1', Xyog 71')
- “Bayer 04” — “Arsenal” — 1:1 (Gollar: Andrix 46' — Xavers 89' pen)
Javob uchrashuvlari kelgusi hafta bo‘lib o‘tadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.