Sevilya shahrida bo‘lib o‘tgan final bahsi dramatik voqealarga boy bo‘ldi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd etildi. «Sosyedad» safida Barrenechea va Oyarsabal gol urgan bo‘lsa, «Atletiko»dan Lukman va Alvares javob qaytardi. G‘olibni aniqlagan penaltilar seriyasida darvozabon Unay Marrero dastlabki ikki zarbani qaytarib, o‘yin qahramoniga aylandi. Bu g‘alaba bilan «Real Sosyedad» olti yillik tanaffusdan so‘ng yana chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.
«Real Sosyedad» — to‘rt karra Ispaniya Kubogi sohibi!
Penaltilar seriyasida (4:3) «Atletiko Madrid»ni mag‘lub etgan «Real Sosyedad» o‘z tarixida to‘rtinchi bor Kubokni qo‘lga kiritdi.
· 1 daqiqa o'qish · 23 ko'rish









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.