Madridning «Real» jamoasi 2026/2027-yilgi UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshta uchrashuvidan keyin barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan yagona klub bo‘lib qoldi. Madridliklar 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining birinchi pog‘onasidan joy oldilar.

13 ochko bilan Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Italiya vakili «Komo», Ispaniyaning «Barselona» va «Betis», shuningdek, Angliyaning «Liverpul» jamoalari 12 ochkodan to‘plab, kuchli oltilikni shakllantirdi.

1/8 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beradigan kuchli sakkizlikka «Arsenal» (11 ochko) va «Manchester Siti» (10 ochko) ham kiradi.

Beshinchi turning eng kutilmagan natijalaridan biri Myunxenning «Bavariya» jamoasi Fransiyaning «Lill» klubiga safarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgani bo‘ldi. Ushbu natijadan so‘ng Germaniya klubi 8 ochko bilan turnir jadvalining 15-pog‘onasiga tushib qoldi.

Chempionlar ligasi beshinchi turidagi barcha uchrashuvlarning natijalari:

  • «Galatasaroy» — «Aston Villa» — 1:0

  • «Bude-Glimt» — «LASK» — 1:0

  • «Real Madrid» — «PSV» — 5:1

  • «RB Leypsig» — «Lans» — 3:1

  • «Manchester Siti» — «Napoli» — 2:2

  • «Arsenal» — «Borussiya» (Dortmund) — 1:1

  • «Komo» — «AEK Afina» — 1:0

  • «Slovan» — «Betis» — 0:2

  • «Feyenoord» — «Portu» — 0:1

  • «Sabah» — «Barselona» — 1:4

  • «Slaviya» (Praga) — «Vilyarreal» — 0:1

  • «Lill» — «Bavariya» — 2:1

  • «PSJ» — «Roma» — 2:2

  • «Bryugge» — «Liverpul» — 0:3

  • «Inter» — «Shtutgart» — 2:0

  • «Sporting» — «Manchester Yunayted» — 2:2

  • «Atletiko» (Madrid) — «Viking» — 2:0

  • «Shaxtyor» — «Fenerbahche» — 0:1

Turnirning oltinchi tur uchrashuvlari 8 va 9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.