Rimdagi «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda hisob 12-daqiqada Nikola Krstovich tomonidan ochildi va mehmonlar oldinga chiqib olishdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida (45+1') Mario Ermoso gol urib, muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoada ham imkoniyatlar bo‘lganiga qaramay, darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Ushbu durangdan so‘ng «Roma» 58 ochko bilan 6-o‘rinda, «Atalanta» esa 54 ochko bilan 7-o‘rinda borishda davom etmoqda.
«Roma» va «Atalanta» Rimda durang o‘ynadi
1 daqiqa o'qish25

Italiya A Seriyasining 33-turida «Roma» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.