Rossiya futbol terma jamoasi Toshkent shahrida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mezbonlar o‘yinning 5-daqiqasidayoq hisobni ochishdi. Rossiya terma jamoasi himoyachisi Viktor Melexin to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim boshida Behruz Karimov O‘zbekiston jamoasining ustunligini ikki to‘pga yetkazdi.
Uchrashuvning 70-daqiqasida Nikolay Komlichenko farqni qisqartirdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, u yana bir gol urib, hisobni tenglashtirdi. 79-daqiqada esa Aleksey Miranchuk Rossiya terma jamoasiga g‘alaba keltirgan golni kiritdi. Komlichenko va Miranchuk ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushishdi.
Bu g‘alaba Rossiya terma jamoasining 2026-yilda o‘rtoqlik uchrashuvlarida qo‘lga kiritgan oltinchi g‘alabasi bo‘ldi. Bungacha rossiyalik futbolchilar Nikaragua (3:1), Burkina-Faso (3:0), Trinidad va Tobago (3:0), Eron (2:0) hamda Namibiya (6:0) terma jamoalarini mag‘lub etishgan. Shuningdek, Mali (0:0) va Nigeriya (3:3) bilan durang o‘ynab, Misr terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan.
Rossiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 17-noyabr kuni Krasnodar shahrida Venesuela terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.