Rossiyaning Osiyo qismida va Ural mintaqasida qor yog‘ishi boshlandi. Bu haqda TASS Rossiya Gidrometeorologiya markazining katta ilmiy xodimi Marina Makarovaga tayanib xabar berdi.
Mutaxassisning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning aksariyat tumanlarida qor qoplamining qalinligi 1–5 santimetrga yetishi kutilmoqda.
Marina Makarova, shuningdek, Rossiyaning katta qismida hozircha kuz fasliga xos o‘tish davri davom etayotganini ta’kidladi. Shu sababli ayrim hududlarda qor yog‘ganiga qaramay, mamlakat hududida qish to‘liq boshlangan degan xulosaga kelish hali erta.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.