Diplomat Lukashevichning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston o‘zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishida ishtirok etmoqda va joriy yilda tashkilotga raislik qilmoqda. Turkmaniston 1991-yil 8-dekabrdagi MDHni tuzish to‘g‘risidagi Bitim hamda 1991-yil 21-dekabrda qabul qilingan Bayonnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan.

Lukashevich Turkmanistonning Hamdo‘stlik Nizamnomasini imzolashi ijobiy qadam bo‘lishini ta'kidladi. Shu bilan birga, bunday qarorni qabul qilish xalqaro huquq sub'ekti sifatida har bir davlatning suveren huquqi ekanini urg‘oladi.

Diplomat MDHda ishtirok etish modelining moslashuvchanligiga ham e'tibor qaratdi. Unik ta'kidlashicha, ushbu moslashuvchanlik davlatlarga hamkorlikning turli yo‘nalishlaridagi o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, tashkilot bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Joriy yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil topganining 35 yilligi nishonlanmoqda. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, MDH bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 2 foizga oshdi. Tashkilotning barcha a'zo davlatlarida iqtisodiy o‘sish qayd etildi