
Zamonaviy axborot asrida jurnalistika internetning, turli onlayn platformalarning va dasturlarning rivojlanishi bilan tubdan o‘zgarib ketdi. Endi har bir inson dunyoning istalgan nuqtasida kerakli ma’lumotni ko‘rib, o‘qib va o‘rganishi mumkin.
Zamonaviy mediada ma’lumot oqimi juda tezlashdi. Jurnalist faqat ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bilan cheklanmay, uni qisqa vaqt ichida tayyorlab, tezkor tarzda o‘quvchiga yetkazishi lozim. Shu ishda sun’iy intellekt eng yaqin yordamchiga aylangan.
Jamiyat soatbay rivojlanayotgan davrda sun’iy intellekt hayotning barcha sohalariga kirib, jurnalistikada ham yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. AI jurnalistning ishini yengillashtiradi, bir vaqtda bir nechta vazifani bajaradi. U katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, intellektual algoritmlardan foydalangan holda qisqa va mazmunli materiallarni tayyorlashga qodirdir.
AI yordamida dunyo yangiliklarini tez tarjima qilish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash mumkin. Hozirda Google Gemini, ChatGPT, Midjourney, Canva, Perplexity AI kabi turli AI dasturlaridan foydalanish mumkin. Ular maqola yozishda, g‘oya topishda, qisqa mazmun tayyorlashda, matnlarni tahlil qilish va tahrirlashda yordam beradi.
AI rivojlanishi “Robot jurnalist insonning o‘rnini egallay oladimi?” yoki “U jurnalistning ishini egallaydimi?” kabi savollarni tug‘diradi. AI yaratuvchilari ta’kidlaydiki: “Sun’iy intellekt faqat yordamchi vosita. Hissiyot, ijodkorlik va to‘g‘ri tahlil har doim inson — jurnalistning o‘zida qoladi.”
Xulosa qilib aytganda, AI’dan to‘g‘ri foydalanish va uni yaxshi g‘oyalar uchun qo‘llash juda muhim. Zamonaviy innovatsion texnologiyalar yosh avlodning sog‘lom tafakkurli, yetuk shaxs sifatida shakllanishiga ajoyib imkoniyatlar yaratadi.
Keywords