
Saudiya Arabistonining al-Madina viloyati janubiy qismida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik izlanishlar tarixiy jihatdan juda muhim natijalarni berdi. Olimlar mintaqada qadimiy davrlarga oid bir qancha topilmalarni, jumladan, islom tarixi uchun bebaho bo‘lgan yodgorlikni aniqladilar.
Arxeologlarning qazishma ishlari natijasida topilgan eng qimmatli narsalardan biri Muhammad payg‘ambarimizning (s.a.v.) sahobalaridan biri, odil xalifa Umar ibn al-Xattobning nomi tilga olingan qoya bitigi bo‘ldi. Bu topilma tarixchilar va olimlar uchun o‘sha davrning madaniy va siyosiy munosabatlarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Al-Madinaning janubiy hududida olib borilgan ishlar jarayonida nafaqat yozuvlar, balki qadimiy madaniyat va iqtisodiy hayot belgilari ham yuzaga chiqdi. Mutaxassislar guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, izlanishlar natijasida quyidagilar topildi:
Bu topilmalar qadimiy karvon yo‘llari va o‘sha davr ma’muriy markazlarining joylashuvini aniqlashda katta ahamiyatga ega. "Daily Sabah" nashri xabariga ko‘ra, bu arxeologik topilmalar Saudiya Arabistoni tarixiy merosini o‘rganish va asrab-avaylashga katta hissa qo‘shmoqda.
Keywords