Turkmanistonda yangi tashkil etilgan tumanlarning xalq maslahatlari a’zoligiga, shuningdek, vakolat muddati tugashidan oldin chiqib ketgan Turkmaniston Mejlisi deputatlari, viloyat, tuman, shahar xalq maslahatlari va kengashlari a’zolarining o‘rniga o‘tkazilgan saylovlar bo‘yicha soat 19:00 ga qadar saylovchilarning ishtiroki quyidagichadir:

  • yangi tashkil etilgan tumanlarning xalq maslahatlari a’zolari saylovi bo‘yicha saylovchilarning 91,14 foizi;
  • Turkmaniston Mejlisi deputatlari saylovi bo‘yicha saylovchilarning 92,26 foizi;
  • viloyat, Ashxobod shahri xalq maslahatlari a’zolari saylovi bo‘yicha saylovchilarning 91,47 foizi;
  • tuman, shahar xalq maslahatlari a’zolari saylovi bo‘yicha saylovchilarning 91,06 foizi;
  • kengashlar a’zolari saylovi bo‘yicha saylovchilarning 91,20 foizi ovoz berdi.