17-iyul kuni FIFA rasman e'lon qilishicha, yakshanba kuni MetLife stadionida bo'lib o'tadigan jahon chempionati final uchrashuvini sloveniyalik Slavko Vinchiç boshqaradi. Unga hamyurtlari Tomash Klanchnik va Andraj Kovachich yordam berishadi. Vinchiç jahon chempionati finalida ishlagan tarixidagi ilk sloveniyalik hakamga aylanadi. 46 yoshli referi uchun bu faoliyatidagi eng cho'qqi hisoblanadi, u avvalroq 2024-yilgi Chempionlar ligasi finalida ham ishlagan.
Slavko Vinchiç JCh-2026 finali bosh hakami etib tayinlandi
1 daqiqa o'qish4

FIFA 2026-yilgi jahon chempionati finali — Ispaniya va Argentina o'rtasidagi bahsni boshqarishni sloveniyalik hakam Slavko Vinchiçga ishonib topshirdi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.