Futbol olami hayratda: 2026-yilgi jahon chempionatining 52 nafar hakamidan biri bo‘lgan Umar Abdulkadir Artan AQShga kiritilmadi. Barcha hujjatlari va vizasi joyida bo‘lishiga qaramay, Mayami aeroportida chegara xizmati uni ortga qaytargan. 2025-yilning eng yaxshi afrikalik hakami deb topilgan Artan uchun bu faoliyatidagi eng katta orzu edi. Hozirda Istanbulda bo‘lgan hakam bu holatdan qattiq tushkunlikda ekanini va tarixiy imkoniyatdan mahrum bo‘lganini bildirdi.
Somalilik hakam JCh-2026 ga kiritilmadi
1 daqiqa o'qish13

Umar Abdulkadir Artan JCh o‘yinlarida hakamlik qiladigan ilk somalilik bo‘lishi kerak edi, biroq AQSh rasmiylari unga kirishga ruxsat bermadi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.