Salomatlik uchun foydali transport vositasi boʻlgan velosiped odatda yoʻlda yurish uchun moʻljallangan. Biroq ikki gʻildirakli transportning suvda yurguvchi turi ham mavjud. Suvda velosiped haydash imkonsizdek koʻringaniga qaramasdan, yangi zelandiyalik mutaxassislar ikki gʻildirakli transportning ajoyib turini ishlab chiqdilar. «Manta 5 Hydrofoil» deb nomlangan suv transporti uglerod tolali materialdan yasalgan. Elektr batareyasi bilan ishlaydigan suv transporti soatiga 20-22 kilometr tezlikda yura oladi. Toʻlqinga chidamli bu velosiped asosan sport bilan shugʻullanuvchilar hamda sayyohlar uchun moʻljallangan boʻlib, dengiz qirgʻoqlarida va hovuzlarda ishlatiladi. «Manta 5 Hydrofoil» velosipedini haydash qiyin koʻrinsa-da, ilk bor haydaganlar muvaffaqiyatli natija koʻrsatib, orqaga — qirgʻoqqa qaytib keladilar.

«Manta 5 Hydrofoil»ning asosiy oʻziga xosligi suvga choʻkmasdan saqlanishidir. Mutaxassislar velosipedning suv yuzasida saqlanishiga erishish uchun oldingi va orqa gʻildirak oʻrniga lizinga oʻxshash sirpanchiq demolarni oʻrnatganlar. Koʻndalangiga qoʻyilgan yupqagina metall qismlar velosipedni suvga choʻqtirmasdan, muvozanatli darajada saqlaydi. Suvda yurguvchi velosipedning ruli, oʻrindigʻi va charxi odatiy velosipedniki kabi boʻlib, orqasida kemalarniki kabi dumaloq parrak, oldida esa suvni byorib oʻtadigan uzun sopoli, oyoqqa oʻxshash charh oʻrnatilgan. Asosiy ramning oʻrnida esa batareya joylashtirilgan. Odatiy velosiped kabi haydaladigan bu transport charhni aylantirishni toʻxtatganda bir yoniga yiqiladi. Shu sababli velosipedchi suvga kirganidan to chiqqunga qadar, dam olmasdan velosipedni haydashi kerak boʻladi. 100 kilogrammgacha ogʻirlikni koʻtarishga moʻljallangan suv velosipedini toʻliq zaryad bilan 1,5-4 soatgacha haydash mumkin.