
Amudaryo davlat tabiiy qo‘riqxonasining go‘zal kengliklarida yoshlar ishtirokida ikki kunlik eko-sayohat tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tashabbus «Yosh tabiatshunos» jamoat tashkiloti tomonidan, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va Global ekologiya jamg‘armasining Orol dengizi mintaqasidagi ekotizimlarni saqlash bo‘yicha qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Eko-sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish va ularning qalbida atrof-muhitga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida yosh tabiatshunoslar mutaxassislar rahbarligida qo‘riqxonaning o‘ziga xos ekotizimi bilan tanishdilar. Ular:
«Yosh tabiatshunos» jamoat tashkiloti ko‘ngillisi Bahorgul Quliyeva o‘z taassurotlari haqida shunday dedi:
«Ushbu eko-sayohat bizga tabiat mo‘jizalarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish imkonini berdi. Qo‘riqxonaning muhofaza etiladigan hududlarini o‘rganish orqali atrof-muhitni asrab-avaylash har birimiz uchun muqaddas burch ekanligiga amin bo‘ldik. Bunday tadbirlar oramizda ekologik madaniyatning mustahkamlanishiga xizmat qiladi».
Eko-sayohat yakunida unda faol ishtirok etgan va ekologik bilimlarini namoyish etgan yoshlarga «Yosh tabiatshunos» jamoat tashkilotining Faxriy yorliqlari topshirildi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bunday amaliy sayohatlar nafaqat bilim berish bilan cheklanib qolmay, balki yoshlarning mintaqa tabiiy boyliklarini saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarda faol ishtirok etishiga turtki beradi. Amudaryoning noyob tabiatini muhofaza qilish — kelajak avlodlarning baxtli hayoti garovidir.
Keywords