Dunyoning ayrim mamlakatlarida tabiiy-geografik sharoitlar va sayyohlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos savdo markazlari tashkil etilgan. Shulardan biri Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan «suzuvchi» bozorlardir. Ushbu bozorlar odatiy savdo maskanlaridan farqli ravishda, daryolar va suv yo‘llarida qayiqlar yordamida faoliyat yuritadi.
«Suzuvchi» bozorlarda har bir sotuvchining o‘z qayig‘i bo‘lib, u oziq-ovqat mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar yoki turli hunarmandchilik buyumlari bilan to‘ldiriladi. Sotuvchilar daryo oqimi sekin bo‘lgan joylarda to‘planib, xaridorlarga o‘z mahsulotlarini taklif etadilar. Suv sathi va oqim tezligi o‘zgarishi bilan qayiqlarning joylashuvi ham o‘zgarib turadi. Shu sababli bunday savdo maskanlari «suzuvchi bozorlar» deb ataladi.
Bugungi kunda bunday bozorlarni Tailand, Indoneziya, Vyetnam, Hindiston va Shri-Lankada uchratish mumkin. Ular nafaqat mahalliy aholi uchun savdo maskani, balki xorijiy sayyohlar uchun ham katta qiziqish uyg‘otadigan joylar hisoblanadi.
Ushbu bozorlar orasida Tailandning «Amphawa» suzuvchi bozori alohida mashhurlikka ega. U o‘ziga xos savdo muhiti, qayiqlarda taklif etiladigan turli mahsulotlar va kundalik hayotning g‘aroyib manzaralari bilan sayyohlar e’tiborini tortadi.
«Suzuvchi» bozorlar Osiyo mamlakatlarining madaniy xususiyatlari, urf-odatlari va savdo munosabatlarini o‘zida mujassam etgan o‘ziga xos sayyohlik maskanlari sifatida tanilgan.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.