Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Butunjahon tatar kongressi Milliy kengashi raisi Vasil Shayxraziyev mintaqaviy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Turkmanistonga to‘rt kunlik amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi. tatar-congress.org sayti xabariga ko‘ra, delegatsiya Ashxobod hamda Turkmanboshi shaharlarida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazadi.
Poytaxtda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Bahar Seyidova hamda Madaniyat vaziri Gurbanmyrat Myradalyyev bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlarda ta’lim, turizm va tarixiy-madaniy merosni asrash bo‘yicha qo‘shma loyihalar muhokama qilinadi. Shuningdek, delegatsiya Xalqaro axalteke ot sporti majmuasiga tashrif buyuradi. 30-iyul kuni Vasil Shayxraziyev Turkmanboshi shahriga uchib borib, shahar hokimi Niyozjon Niyozjonov bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda "Avaza" milliy turizm zonasi imkoniyatlari bilan tanishadi. Tashrif 31-iyulgacha davom etadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.