
Avval xabar berganimizdek, bugun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raqamli tizim orqali Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisini o‘tkazdi. Majlis davomida vitse-premer N. Atagulyev To‘qimachilik sanoati vazirligi tasarrufidagi korxonalarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida hisobot berdi.
«Watan» xabarlar dasturida xabar berilishicha, ushbu korxonalarning yanada samarali ishlashini ta’minlash, ularning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, ishchi-xodimlarning mehnat qilishi va yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, vitse-premer davlat rahbari ko‘rib chiqishi uchun tegishli taklifni o‘rtaga tashladi.
Turkmaniston Prezidenti hisobotni tinglab, mamlakatda yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalarning unumli ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari To‘qimachilik sanoati vazirligi muassasa va korxonalarining ishlab chiqarish quvvatini mustahkamlash bilan bog‘liq tayyorlangan takliflarni ma’qullab, vitse-premerga tegishli ishlarni amalga oshirishni topshirdi.
Keywords