Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining XIII sammitida tashkilotning rahbariy tarkibiga oid masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv doirasida yangi Bosh kotibni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston vakili Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar tashkilotining Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mirvohid Azimov ushbu lavozimda so‘nggi to‘rt yil davomida tashkilotga rahbarlik qilgan qirg‘izistonlik diplomat Kubanichbek Omuraliyevning o‘rnini egallaydi.

Turkiy davlatlar tashkiloti Kotibiyati Turkiyada joylashgan.