
Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi boshlandi. Turkmaniston va AQSH o‘rtasida turli sohalarda samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda. Bu esa aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Qahramon Arkadagimizning do‘stona mamlakatga bu galgi tashrifi ikki tomonlama hamkorlikda yangi sahifa ochadi.
Turkman xalqining Milliy Lideri ertalab Xalq Maslahati Devonidan chiqib, Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketish uchun poytaxtimizdagi Xalqaro aeroportga keldi. Qahramon Arkadagimiz shu yerdan AQSHga yo‘l oldi.
Ma’lumki, Turkmaniston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik yaxshi niyat va teng huquqlilik tamoyillariga asoslanadi. Bir qancha yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan samarali aloqalar bugungi kunda rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bunda ushbu mamlakatning bir qator jahon miqyosidagi mashhur kompaniyalari yurtimizda qishloq xo‘jaligi va sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
Turkmaniston va Amerika Qo‘shma Shtatlarining ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalar jadal rivojlanmoqda. Bu esa o‘zaro hurmat va ishonch asosida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning istiqboli porloq ekanligidan dalolat beradi. Yirik Amerika kompaniyalari dunyoda ishonchli hamkor sifatida tan olingan Turkmanistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda. Bu esa o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga keng yo‘l ochadi.
Qahramon Arkadagimizning Amerika Qo‘shma Shtatlariga ushbu tashrifi “Mustaqil, doimiy Neytral Turkmaniston — tulporlar qanotida amalga oshgan orzular yurti” yilining shonli voqealarini to‘ldirib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yanada uyg‘un rivojlanishiga xizmat qiladi.
Turkman xalqining Milliy Liderining AQSHga tashrifi davom etmoqda.
Keywords